“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi to’g’risida

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi to’g’risida

Katta investitsiya salohiyati

Soliq imtiyozlari

0% - yer solig'i va 50%-mulk solig'i. Imtiyozlar sarmoya miqdoriga qarab 3 yildan 10 yilgacha muddatga beriladi.

Bojxona to'lovlari

Erkin iqtisodiy zona ishtirokchi korxonalariga alohida bojxona imtiyozlari qullaniladi.

Qulay joylashuv

Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozoriga, balki MDH va Osiyo mamlakatlari bozorlariga chiqish imkoniyatlari.

Urgut EIZning umumiy yer maydoni – 1902,5 gektar

Urgut - qadimiy, muqaddas joy

Urgut tumani Samarqand viloyatining janubiy sharqiy tomonidagi tog‘lar etagida, dengiz sathidan taxminan 1000 metr balandlikda joylashgan. Urgut tumani  bir tomondan Qashqdaryo viloyati, bir tomondan qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chgaradoshdir. 

Urgut toponimining kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud. Taniqli sharqshunos V.L.Vyatkin mang‘itlar hukmronligi davridan boshlab tarixiy xujjatlarda uchraydigan Arkut qishlog‘i urgut deb atala boshlaganligini ta’kidlagan edi.

Ayrim olimlarning tushuntirishicha Urgut-Urkent (O‘rdagi, balanddagi shahar). Samarqand Davlat universiteti professori marhum R.Qung‘irov rahbarligida 1967-yilda Urgutga toponomik ekspeditsiya uyushtirgan edi. Bu jamoa ham Urgut-Urkentdir degan xulosaga keladi. Hali Urgutning tponomik nomi ma’nosi haqida aniq tuxtamga kelingan emas. Bu sohada har xil qarashlar, baxslashishlar davom etyapti.

Urgut tumani 1926-yilda tashkil topgan, 1120.28 kv.km yer maydoniga ega, 427 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Jumladan o‘zbek, rus, tojik, arman, tatar, uyg‘ur millatlari vakillari bir ota-ona farzandidek inoq hayot kechirmoqda.

Urgut o‘zining 100 ming yillik tarixiga ega bo‘lgan tabarruk go‘sha ekanligi qadimiy manbalar asosida isbotlangan. Bunga tumanda joylashgan qadimiy manzilgohlar va muqaddas qadamjolar yaqqol dalildir. Urgut o‘ziga xos milliy urf-odatlar, xalq hunarmandchiligi va etnografik xususiyatlari bilan boshqa tumanlardan ajralib turadi.

Bu esa ichki va xorijiy sayohatchilar uchun g‘oyat diqqatga sazovor xususiyat hisoblanadi. Tumanda sayyohlarning tinch, xotirjam, va qiziqarli dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Sayohat va dam olish go‘shalarida bemalol sayr etishlari uchun transport tarmog‘i yaxshi rivojlangan.

Urgutda sayyohlar muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishlari, milliy urf-odatlar va hunarmandchilik jarayoni bilan tanishuvlari hamda tabiatning diltortar go‘shalarida sayr qilib dam olishlari mumkin.

Sayyohlik marshrutlarining uzunligi birinchi yo‘nalishda 5-8 km, ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha esa 10,2 km bo‘lib, o‘rtacha tezlikda 1-2 kunlik yurish uchun mo‘ljallangan.

Barcha loyihalarni ko’rish ->

ru_RURussian

UFEZ — С нами на встречу к великому будущему !

Связаться с нами

Политика конфиденциальности / Ufez – free economic zone Uzbekistan © 2017 – 2023 / All Rights Reserved.