Samarqand haqida qisqacha

Samarqand — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 1925-1930-yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qoʻngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yoʻli) oʻtadi. Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri — 2700-yildan ortiq tarixga ega. 

Mustaqillik yillarida Samarqandda sanoat korxonalari qayta jihozlandi. Ularda bozor talabiga mos mahsulotlar ishlab chiqarish amalga oshirildi. Sanoatning asosiy qismi xususiylashtirildi. Aksariyat yirik, oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Koʻplab qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Samarqand viloyatidagi mulkchilikning barcha turiga oid 135 yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi Samarqandda joylashgan.

675675675634
64564564564

O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati

ru_RURussian

UFEZ — С нами на встречу к великому будущему !

Связаться с нами

Политика конфиденциальности / Ufez – free economic zone Uzbekistan © 2017 – 2023 / All Rights Reserved.