Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi


Urgut EIZ tajribasini oʻrganish, Urgut erkin iqtisodiiy zonasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish hamda tajriba almashish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani hokimi Omirbay Usnatdinov boshchiligida 50 nafarga yaqin delegatsiya aʼzolari Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Urgut tumanida viloyat hokimining o’rinbosari J.Haydarov, viloyat hokimining yordamchisi N.Ibragimov, Urgut tumani hokimi B.Jabborov kutib oldi.

Tashrif davomida Omirbay Amanbaevich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Urgut” EIZda faoliyat yuritayotgan “YEC GILAM”, “SAM ELEKTRO SERVIS”, ” URGUT MIKRO METAL”, “NUR SAM QUR” MChJlar, “URGUT SANOAT SERVIS” OK va boshqa bir qancha korxonalarga tashrif buyurib ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Kelgusida hamkorlik ishlarini davom ettirish masalalari kelishib olindi.

error: ddos attack protected !!