“Sankt-Peterburg” MIZ bosh direktori T.V. Rondalyova boshchiligidagi delegatsiya Urgut erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishish maqsadida Urgut EIZga tashrif buyurdi

“Sankt-Peterburg” MIZ bosh direktori T.V. Rondalyova boshchiligidagi delegatsiya  Urgut erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishish maqsadida Urgut EIZga tashrif buyurdi

Delegatsiya a’zolariga viloyat hokimining o’rinbosari J.Haydarov hamrohlik qildi. Mehmonlar dastlab hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishdi. Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, eksport salohiyati va korxonalarning texnologik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mehmonlar Urgut EIZning yuqori salohiyatini e’tirof etib, istiqbolda Sankt-Peterburg va Urgut o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida o‘z takliflarini bildirishmoqda. Tashrifning asosiy maqsadi innovatsion va sanoat sohalarida yangi aloqalarni o‘rnatish hamda o‘zaro tajriba almashish.

Urgut EIZ Rossiya bozoriga mahsulot yetkazib beruvchi asosiy iqtisodiy zonalardan biri hisoblanib, hududda keng ko‘lamli sanoat va eksport imkoniyatlari mavjud.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

en_USEnglish

UFEZ - Join us for a great future!

Connect with us

Privacy Policy / Ufez - free economic zone Uzbekistan © 2017 - 2023 / All Rights Reserved.