Samarqand xalqaro turistik markazi Kongress markazida Xalqaro darajadagi yetakchi iqtisodchilar, nufuzli investorlar va xalqaro ekspertlarni jamlagan II Oʻzbekiston iqtisodiy forumi boshlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining II Oʻzbekiston xalqaro iqtisodiy forumi ishtirokchilariga murojaati e’lon qilindi. Murojaatni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov oʻqib eshittirdi.
Forum Samarqandda ikki kun, ya’ni 3-4-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Anjuman kun tartibidan Oʻzbekistonning kelgusi besh yillik taraqqiyot strategiyasi, iqtisodiy imkoniyatlari, dunyo hamjamiyati bilan hamkorligi va rivojlanish tendensiyalarini, oʻzaro muloqotni yoʻlga qoʻyish, ishbilarmon doiralar, xorijiy korxonalar vakillarining hamkorligini oʻrnatish hamda investorlarni jalb qilish masalalari muhokama qilinadi.
Leave a Reply